Joriy faoliyat lavhalari

Joriy faoliyat lavhalari


XALQARO ALOQALAR DEPARTAMENTINING JORIY FAOLIYATIDAN LAVHALARI

  Xalqaro aloqalar departamenti talabalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirish, o’z fikrlarini aniq va mantiqiy ravishda ifoda etish, til ko’nikmalari va jamoaviy ish qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida ingliz tilida “DEBAT” (munozaralar) klubini tashkil qilgan. Haftalik debatlarda talabalar oldindan berilgan qiziqarli va munozarali mavzular doirasida tayyorlanib, debat bahslarida o’zaro ikki guruhda munozaraga kirishishadi.

  Debat qoidalari haqida qisqacha:

-         ishtirokchilar ikki guruhga bo’linishadi: oqlovchi va qoralovchi guruhlar;

-         guruhlar oldindan berilgan mavzu bo’yicha tayyorgarlik ko’rishadi;

-         har bir ishtirokchiga o’z fikrini ifodalashi uchun 2-3 daqiqa vaqt beriladi;

-         ishtirokchilar o'z fikrlarini qo'llab-quvvatlash uchun ishonchli manbalarga – statistik ma’lumotlar, tadqiqot natijalari va boshqa dalillarga tayanishadi;

-        bahs va munozaralar ingliz tilida olib boriladi.

  Debatning namunaviy mavzulari:

Tamaki mahsulotlarini jamiyatdan butunlay chiqarib tashlash kerakmi?

O'lim jazosini butunlay bekor qilish kerakmi?

Zo'ravonlikka asoslangan video o'yinlar/ijtimoiy tarmoqlar ta’qiqlanishi kerakmi?

Maktablarda uyali telefonlar ta’qiqlash kerakmi?

Debat klubiga qo’shilishni istovchi har bir talaba https://t.me/+8Jids6XyQ080NGU0 havolasi orqali “Debat” klubining telegram guruhiga a’zo bo’lishi va “Debat” klubining kundalik yangilik va e’lonlari bilan tanishib borishlari mumkin.

 

 

  Bundan tashqari, Xalqaro aloqalar departamenti talabalarning madaniy bilimlarini boyitish va xalqaro munosabatlarni mustahkamlash maqsadida talabalar uchun haftalik “Culture Day - Madaniyatlar kuni” tadbirini tashkil qilgan. Tadbirga Qarshi shahrining turli tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xorijiy mutaxassislar taklif etiladi. Tadbir davomida xorijlik mehmonlar talabalarni o’z madaniyatlari bilan yaqindan tanishtirishadi; ularga o’z mamlakatlarining madaniyati, tarixi, san'ati va urf-odatlari haqida nutq so’zlaydi va talabalar bilan o’zaro savol-javoblar uyushtiradilar.