Xalqaro hamkorlik aloqalari

Xalqaro hamkorlik aloqalari


XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI

 Osiyo texnologiyalar universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarining asosiy maqsadi universitetning xalqaro faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda xalqaro taʼlim va ilmiy hamjamiyatlarda OTUning obroʻsini mustahkamlashdan iborat.

 Osiyo texnologiyalar universitetining xalqaro aloqalar departamenti xorijiy universitetlar bilan talaba almashinuvi dasturlarini, universitet professor-o’qituvchilari va universitet xodimlari uchun xorijiy OTMlarga qisqa muddatli malaka oshirish amaliyotlarini boshqaradi.

 Osiyo texnologiyalar universiteti hozirda 10 dan ortiq xorijiy Oliy ta’lim muassasalar bilan memorandum va hamkorlik shartnomalari imzolashga erishdi va samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Universitet xalqaro hamkorlik aloqalarini faol ravishda rivojlantirib bormoqda. O’tgan qisqa muddat ichida  Osiyo texnologiyalar universiteti Belgorod Davlat Milliy Tadqiqot Universiteti, Janubiy Koreyaning Seul va Ansan shaharlaridagi Hanyang Erika va Gachon Universiteti, Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod Davlat Lingvistika Universiteti hamda Hindistonning Parul Universitetlari bilan o'zaro hamkorlik shartnomalari imzoladi. Bu hamkorliklar doirasida professor-o'qituvchilar ushbu nufuzli universitetlarda malaka oshirish dasturlari va stajirovkalarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishmoqda.

 Osiyo texnologiyalar  universiteti 2023 yildan  Evropa Ittifoqining Erasmus+ loyihasi xalqaro kredit mobilligi dasturi doirasida Evropaning ikki OTMlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu dastur doirasida Evropaning 2 ta OTMlari, Konstantin Falsafa universiteti (Slovakiya) bilan hamkorlik kelishuvlariga erishilgan.

 11.04.2023 Xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida joriy yilning 11-aprel kuni Qarshi innovatsion ta’lim universitetiga Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti  Xorijiy tillar fakulteti dekani Aleksey Anatoliyevich Kolesnikov tashrif buyurdi. Tor doirada o‘tkazilgan uchrashuvda Osiyo texnologiyalar universiteti va Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma dasturlar va yo‘nalishlar ochish hamda xorijiy o‘qituvchi-professorlarni o‘quv jarayoniga jalb qilish, shuningdek, xorijiy sheriklar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlanitirish haqida kelishib olindi.

 

 

 01.05.2023 Slovakiya Respublikasining Nitra shahridagi Konstantin falsafa universiteti professor-o‘qituvchilari - Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor, doktor Martina Pavlikova, Ingliz tili kafedrasi professori Zdenka Gadushova, Falsafa kafedrasi professori Roman Kralik va Matematika va informatsion texnologiyalar kafedrasi professori Alena Hashkova Osiyo texnologiyalar universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ikki universitet o'rtasidagi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini ko'rib chiqdilar, jumladan, bir-biriga mos keladigan fakultetlar o'rtasidagi hamkorlikni va ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

 

 02.05.2023 Chexiyaning Janubiy Chex universiteti Pedagogika fakulteti dekan o‘rinbosari, professor Miroslav Prochazka, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mudiri Maslusha Bitechkovalar Osiyo texnologiyalar universitetga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ushbu universitet bilan ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdi.

 02.05.2023 Chexiyaning Janubiy Chex universiteti Pedagogika fakulteti dekan o‘rinbosari, professor Miroslav Prochazka, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mudiri Maslusha Bitechkovalar Osiyo texnologiyalar universitetga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ushbu universitet bilan ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdi.

 19.02.2024 Ayni shartnomalar doirasida 3 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar o‘quv mashg‘ulotlariga jalb qilindi. Osiyo texnologiyalar universitetiga chet ellik mutaxassis o'qituvchilar Belgorod Davlat Universiteti ‘Milliy tadqiqot universitetining rus tili va rus adabiyoti’ kafedrasi dotsentlari Poltaratskaya Svetlana Vladimirovna va Levina Ella Mixaylovna hamda dotsent, xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Danilenko Ilya Aleksandrovichlar ikki haftalik tajriba almashinuviga tashrif buyurdilar.

 Tashrif davomida xorijlik professor-o'qituvchilar Osiyo Texnologiyalar Universitetining faoliyatini chuqur o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan innovatsion ishlar va kelgusidagi rejalar bilan tanishdilar. O'z navbatida, mehmonlar o'zlari faoliyat yuritayotgan oliygohdagi ta'lim yo'nalishlari, ilmiy loyihalar va xalqaro grantlar haqida batafsil ma'lumot berishdi. Bu uchrashuvlar ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim zamin yaratdi va o'zaro tajriba almashish imkonini berdi.

 Uchrashuvdan so'ng, xorijiy professor-o'qituvchilar universitetning o'quv jarayoniga faol ravishda jalb etildilar. Ular talabalar uchun maxsus intensiv darslar tashkil etib, o'z bilim va tajribalarini baham ko'rishdi.

 23.02.2024 Qarshi innovatsion taʼlim universiteti talabalariga dars mashg‘ulotlari о‘tish uchun tashrif buyurgan  "BelGU" Milliy tadqiqot universitetining rus tili va rus adabiyoti kafedrasi dotsentlari Poltaratskaya Svetlana Vladimirovna va Levina Ella Mixaylovna hamda xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Danilenko Ilya Aleksandrovichlar tomonidan Oʻzga tilli guruhlarda rus tili taʼlim yoʻnalishining 1-2-bosqich talabalari uchun o'quv-seminar tashkil etildi.

 11.05.2024-03.06.2024 Rossiya Federatsiyasida qo'shma ta'lim dasturlari asosida o'zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Osiyo Texnologiyalar Universiteti va Nijniy Novgorod Davlat Lingvistika Universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Nijniy Novgorod Davlat Lingvistika Universiteti taklifiga binoan universitetimiz xodimlari “Pedagogika va xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchilari Bahodir Sulaymanov va Oybek Babamuradov "Milliy guruhlarda rus tili" va "Milliy guruhlarda ingliz tili" mutaxassisliklari bo'yicha malaka oshirish kurslarida qatnashib qaytdilar.

 Ular hamkor universitetning yetakchi o'qituvchilari tajribasiga asoslangan tillarni o'qitishning zamonaviy uslub va yondashuvlarini chuqur o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishdi. O'qituvchilarimiz hamkor universitetda darslarni kuzatish va kafedralarning ilmiy seminarlarida qatnashish orqali o'z bilimlarini boyitishdi va mutaxassisliklari bo'yicha o'quv dasturlari bilan tanishishdi.

 O2.07.2024 Osiyo Texnologiyalar Universiteti xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi Suxrob Muxammadiyev Hindistonning Parul Universiteti bilan tuzilgan Xalqaro Mutaxassislar Almashinuvi Dasturi doirasida qisqa muddatlik malaka oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Parul Universitetida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va ilmiy seminarlarda faol ishtirok etib, Suxrob Muxammadiyev xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida universitet vakillari bilan samimiy suhbatlar olib bordi, o'z tajribasi va ko'nikmalarini talabalar va professor-o'qituvchilar bilan baham ko'rdi.

06.09.2024 Osiyo texnologiyalar universiteti bilan samarali hamkorlik faoliyatini yuritib kelayotgan V.G.Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiyalar universiteti mas'ullari bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda ikkala oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolanib, kelgusida amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.

 Tadbir mobaynida Belgorod davlat texnologiyalar universiteti Transport va avtomatik tadqiqotlar laboratoriyasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor Glagolev Sergey Nikolayevichga, Qurilish materiallari, jihozlari va konstruksiyasi kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Lesovik Ruslan Valeryevichga hamda Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Strokova Valeriya Valeryevnaga Osiyo texnologiyalar universiteti Kengashi qarori bilan universitetning "Faxriy professori" unvonlari topshirildi.

 Shuningdek, Bеlgorod davlat tеxnologiyalar univеrsitеti va Osiyo tеxnologiyalar univеrsitеti o'rtasidagi o'zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdagi samarali xizmatlari uchun univеrsitеtlararo hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlarini e'tiborga olib, Osiyo tеxnologiyalar univеrsitеti rеktori Raxmonov Lochin To'xtamishovichga hamda Akadеmik va ilmiy ishlar bo'yicha prorеktor Xolmirzayеv Nodir Sulaymonovichga V.G.Shuxov nomidagi Bеlgorod davlat tеxnologiyalar univеrsitеtining "Faxriy doktori" diplomlari topshirildi.