Universitet rektori

Universitet rektori


Osiyo texnologiyalar universiteti rahbariyati

 

 

RAXMONOV LOCHIN TO'XTAMISHOVICH

 

Universitet rektori

 

Tel: +998 90 666 55 77

 

Qabul kunlari: Haftaning seshanba va juma kunlari. Soat  15:0dan 18:00 gacha

 

Raxmonov Lochin To‘xtamishovich 1985-yil 17-fevralda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Toʻdamaydon qishlogʻida tug‘ilgan. 2012-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr bosqichini, 2017-yil esa ayni universitetning magistratura bosqichini tamomlagan.

 Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

 

2010-2012-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining innovatsion ta’lim texnologiyalari markazi uslubchisi. 2012-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Reja-iqtisod bo‘limi mutaxassisi, 2013-2017-yillarda akademiya O‘quv bo‘limi mutaxassisi va 2017-2018-yillarda akademiyaning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi mutaxassisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2021-2022-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 

L.Raxmonov 2017-yil aprel oyida “Zamonaviy Chexiya Respublikasida moliya va bank sektori rivojlanishining tendentsiyalari va uning rivojlanish tajribasi” mavzusida Chexiya Respublikasining Praga shahrida (Markaziy Bohemia universiteti) o‘tkazilgan seminar-trening, 2018-yil iyulda Janubiy Koreya Respublikasi Kemyon universitetida “Raqamli iqtisodiyot” mavzusiga bag’ishlangan seminar-trening va 2019-yil mayda Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida “Bir makon - bir yo‘l” mavzusida o‘tkazilgan amaliy treninglar ishtirokchisi.

 

2022-yildan Osiyo texnologiyalar (oldingi nomi: Qarshi innovatsion ta’lim) universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.