Xalqaro xamkorlik bo'yicha prorektor
 |
AXUNJONOV UMIDJON MAXAMADUMAROVICH
Xalqaro xamkorlik bo'yicha prorektor
Tel: +998 91 166 00 48
Qabul kunlari: Haftaning seshanba va juma kunlari. Soat 15:00 dan 18:00 gacha
|
Ahunjonov Umidjon Mahamadumarovich
- Axunjonov Umidjon Maxamadumarovich – menejment fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD (Uxan Texnologiyalar universiteti, Xitoy Xalq Respublikasi).
- 2007 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini “Marketing” bakalavr darajasiga, 2009 yilda shu universitetning “Davlat moliyasi” mutaxassisligi bo’yicha magistr darajasiga erishgan. 2014 yili Uxan Texnologiyalar universitetida “Menejment va injiniring” mutaxassisligi bo’yicha doktoranturada tahsil olib doktorlik (PhD) darajasini yoqlagan.
- 2014-2021 yillarda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida o’qituvchilik faoliyatini olib borgan.
- 2021 dan 2024 yilgacha Amerika Qo’shma Shtatlari kompaniyasining autsorsing sho’basi hisoblangan “Cargo Prime Overseas” MCHJ da bosh menejer lavozimida ishlagan.
- 2024 yildan Osiyo Texnologiyalar Universitetida Xalqaro ishlar prorektori lavozimida mehnat faoliyatini olib bormoqda.
- Axunjonov Umidjon MTCP dasturi asosida Malayziyada va FEP dasturi bo’yicha AQSHda malaka oshirgan. Bundan tashqari, u AQSH dagi Varton Pensilvaniya Universiteti sertifikati hamda Buyuk Britaniya Vestminster universiteti va UNESCO-UNITWIN OCW/OCR xalqaro grantlari sohibi.
- Uning iqtisodiyot, menejment va marketing tizimlarining dolzarb masalalariga bag’ishlangan ilmiy ishlari turli xorijiy va mahalliy nashrlarda chop etilgan.
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektorning lavozim yo‘riqnomasi
1. Universitetning halqaro hamkorlik va aloqalar bo‘yicha prorektori vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, yuklatilgan vazifalarning bajarilishi bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;
2. Universitetning halqaro hamkorlik va aloqalari bo‘yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va universitetning ayni yo‘nalishdagi reja-tadbirlarini tuzadi;
3. Xalqaro hamkorlik prorektoriga bo‘ysunuvchi bo‘limlar xodimlarining vakolatlari hamda vazifalarini belgilaydi;
4. Universitet rahbariyatiga bo‘lim faoliyati yuzasidan hisobot beradi, xodimlarning malakasini oshirish, taqdirlash, jazolash, lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish bo‘yicha takliflarni kiritadi;
5. Universitetning xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari hamda ta’lim markazlari bilan imzolangan bitimlari asosida xalqaro hamkorlik strategiyasini ishlab chiqadi va asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
6. Universitetn rahbariyatiga xalqaro aloqalarni rivojlantirish va takomillashtirish, loyihalarni boshqarish va tashqi aloqalarning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatni tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar kiritadi;
7. Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari, markazlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan Universitetning hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalari loyihalarini ishlab chiqish va ularni rasmiylashtirish yuzasidan tavsiyalar beradi;
8. Universitetning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqadi, tahlil qilib tavsiyalar beradi. Zarurat bo‘lganda, hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishadi;
9. Oliy ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar va konferensiyalar, xorijiy tashkilotlar tomonidan uyushtiriladigan ta’lim sohasiga oid tadbirlarda ishtirok etadi;
10. Xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, xususan, qo‘shma ta’lim dasturlari, xorijiy stajirovka va malaka oshirish dasturlari, talaba va professor-o‘qituvchilar uchun yozgi “Work and travel” dasturlarini tashkil qiladi;
11. Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun xalqaro loyihalar yuzasidan seminar va davra suhbatlarini tashkil qiladi;
12. Xorijiy mamlakatlar ta’lim vazirliklari, xalqaro ta’lim tashkilotlari va diplomatik vakolatxonalar vakillari, chet el oliy ta’lim muassasalari delegatsiyalari bilan uchrashuvlar tashkil qiladi;
13. Xorijdan xorijiy professor-o‘qituvchilar va talabalarni o‘qishga jalb qilish masalalarida tashabbus ko‘rsatadi;
14. Xorijiy davlatlar olimlari, professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarini Universitet ta’lim jarayoniga jalb etish hamda hamkorlikda o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishida ko‘maklashadi;
15. Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, chet elda o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga universitet professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarini tavsiya etadi;
16. E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish, universitet kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashadi va loyiha ijrosiga bevosita ishtirok etadi;
17. Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetga yetkazadi. Universitetda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlar haqida xalqaro hamkorlarga axborot tarqatish, ayni yo‘nalishda universitet veb-sahifasini yangilab borishga yordam ko‘rsatadi;
18. Xorijiy hamkorlar bilan ta’lim loyihalarini amalga oshirish borasida Universitet bo‘limlari va markazlariga yordam ko‘rsatadi;